AQSh, Erondagi tinchliksevar namoyishchilarga hurmat ko'rsatilishini istadi...

AQSh prezidenti Donald Trump, Eron boshqaruvining, o'zini ifoda etish haqlari ham bo'lib o'z xalqining haqlarini hurmat qilishi kerakligini bildirdi.

878738
AQSh, Erondagi tinchliksevar namoyishchilarga hurmat ko'rsatilishini istadi...

Amerika qo'shma shtatlari (AQSh) prezidenti Donald Trump, Eron boshqaruvining, o'zini ifoda etish haqlari ham bo'lib o'z xalqining haqlarini hurmat qilishi kerakligini bildirdi.

Donald Trump, twitter hisbi orqali, Eronda davom etgan norozichilik namoyishlari bilan bog'liq muloqot berdi.

Trump bayonotida, "Rejimning koruptsiyadan va o'lkaning terror makoniga aylanishidan bezgan Eron fuqarolarining tinchliksevar namoyishlari haqqida ma'lumotlar bor. Eron boshqaruvi, o'z xalqi ham bo'lib hammaning ifoda erkinligini hurmat qilishi kerak. Dunyo bu jarayonni yaqindan kuzatib bormoqda" deb ifoda etdi.

Donald Trump bayonot bergandan keyin Oq uy voizi Sarah Sanders, Trumpning so'zlarida Erondagi namoyishlar bilan aloqali AQShning tushunchalarini ko'rsatmoqda.

AQSh tashqi ishlar vazirlik voizi Heather Nauert esa Eronda boshlagan namoyishlarni yaqindan kuzatib borganliklarini bildirib, namoyishlarda insonlarning nazoratga olinishini qoralaganliklarini bildirgan edi.

Eronning Mashhad, Kashmir va Kirmanshah shaharlarida rejim va davlat rahbari Hasan Ruhoni boshqaruviga qarshi namoyish o'tkazilmoqda.

Qimmatchilikka norozichilik ko'rsatgan namoyishchilarning, Eronning boshqa shaharlariga tarqalgani bildirilmoqda.



Aloqador xabarlar