Misrda o’limga hukm qilingan 15 mahbusning jazosi ijro etildi

Ular Sina yarim orolida sodir bo’lgan terrorchilik harakatiga aloqadorlikda ayblanib o’lim jazosiga tortilgan edi.

876234
Misrda o’limga hukm qilingan 15 mahbusning jazosi ijro etildi

Misrda o’limga hukm qilingan 15 mahbusning o’lim jazosi ijro etildi.

Ular Sina yarim orolida sodir bo’lgan terrorchilik harakatiga aloqadorlikda ayblanib o’lim jazosiga tortilgan edi.

O’lim jazosi Iskandariya shahrida joylashgan “Burch al-Arab” va Bohiradagi “Natrun” qamoqxonasida ijro etildi.

Misr ichki ishlar vazirligi mavzuga doir rasmiy ma’lumot bermadi.

Eslatib o’tish joizki, Misr prezidenti Abdulfattoh es-Sisi prezident etib saylangan 2014 yildan beri 8 kishi o’lim jazosiga mahkum etildi.

Shu bilan o’lim jazosi ijro etilganlar soni 23 nafarga yetdi.

Misrda o’lim jazosi ijro etilgan taxminan 30 mahbusdan tashqari, Misr sudi tomonidan o’limga mahkum qilinganlar soni haqida aniq rasmiy ma’lumot yo’q.

Lekin, inson huquqlari tashkilotlari mamlakatda yuzlab mahbuslar o’lim jazosiga tortilganligini aytilmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar