Pokistonning Ketta shahridagi cherkovda portlash ro'y berdi

Xudkush bombachi tomonidan sodir qilingan portlashda 5 kishi halok bo'ldi, 16 kishi jarohatlandi.

870000
Pokistonning Ketta shahridagi cherkovda portlash ro'y berdi

Pokistonning Belujiston viloyatida joylashgan Ketta shahridagi cherkovda kuchli portlash ro'y berdi.

Xudkush bombachi tomonidan sodir qilingan portlashda 5 kishi halok bo'ldi, 16 kishi jarohatlandi.

Xudkush bombachi cherkovdagi marosimda ishtirok etayotgan yuzlab kishini nishonga olgan.

Ichki ishlar vaziri Sarfroz Bugti ma'lum qilishicha, ibodat marosimi paytida ikkita terrorist cherkovga kirib kelgan. Ulardan biri cherkov eshigi oldida yonidagi bombani portlatib yuborgan, ikkinchisi politsiya tomonidan otib o'ldirilgan.

Belujiston politsiya boshqarmasi yetakchisi Abdul Razzoq Cheema portlashda 5 kishi halok bo'lganligini, 16 kishi yaralanganligini ma'lum qildi.

Yaradorlar ichida yosh bolalar va ayollarning ham borligi aytilmoqda.

Portlash kimlar tomonidan sodir qilingani noma'lum.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Pokiston , #Belujiston , #Ketta , #portlash , #cherkov

Aloqador xabarlar