Ko’rfaz hamkorlik kengashining 38-favqulodda sammiti o’z ishini boshladi

Sammitda oliy martabali vakil sifatida faqatgina Qatar amiri Shayh Temim bin Hamad Al Sani bilan Quvayt amiri Shayh Sabah Al-Ahmad Al-Jabir As-Sabah ishtirok etmoqda.

862142
Ko’rfaz hamkorlik kengashining 38-favqulodda sammiti o’z ishini boshladi

Ko’rfaz hamkorlik kengashining 38-favqulodda sammiti Quvaytda o’z ishini boshladi.

Sammitda oliy martabali vakil sifatida faqatgina Qatar amiri Shayh Temim bin Hamad Al Sani bilan Quvayt amiri Shayh Sabah Al-Ahmad Al-Jabir As-Sabah ishtirok etmoqda.

Ko’rfaz mintaqasida avj olgan inqiroz soyasida bo’lib o’tayotgan sammitda Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil Al-Jubayr, Bahrayn bosh vazir o’rinbosari Muhammad bin Muborak Al Halifa, BAAdan tashqi ishlardan mas’ul davlat vaziri Anvar Karkash, Omandan esa, vazirlar mahkamasidan mas’ul bosh vazir o’rinbosari Fahd bin Mahmud Al Said ishtirok etmoqda.

BAA, Saudiya Arabistoni, Bahrayn davlat rahbarlarining shaxsan o’zi sammitga tashrif buyurmadilar.

Eslatma: Shu yilning 5 iyun kuni Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr hukumatlari Qatar bilan barcha diplomatik aloqalarni to’xtatgan edi.

Bu esa, Ko’rfaz mintaqasida inqirozga sabab bo’lgandi.

Quvayt bu inqirozni bartaraf etishda o’rtamchi vazifasini zimmasiga olgan edi.

 



Aloqador xabarlar