Misrda xavfsizlik kuchlari bilan qurolli kishilar o’rtasida to’qnashuv kelib chiqdi

Misrning Ichki ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko’ra xavfsizlik kuchlari qurolli kishilar tomonidan mashg’ulot sohasi sifatida foydalanilgan hududga qarshi amaliyot uyushtirgan.

857355
Misrda xavfsizlik kuchlari bilan qurolli kishilar o’rtasida to’qnashuv kelib chiqdi

Misrning shimoli-sharqidagi Ismoiliya viloyatida xavfsizlik kuchlari bilan qurolli kishilar o’rtasida to’qnashuv kelib chiqdi. Oqibatida 11 kishi jon berar ekan shu doirasida 9 kishi nazorat ostiga olindi.

Misrning Ichki ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko’ra xavfsizlik kuchlari Ismoiliya viloyatining Jilbane mintaqasiga joylashib olgan qurolli kishilar tomonidan mashg’ulot sohasi sifatida foydalanilgan hududga qarshi amaliyot uyushtirgan.

Amaliyot chog’ida kelib chiqqan to’qnashuv oqibatida 11 kishi jon berar ekan shu doirasida 9 kishining nazorat ostiga olinganligi qayd etilgan bayonotda, xavfsizlik kuchlari qatoridan jon bergan yoki tan jarohati olganlarning yo’qligi haqida ham ma’lumot berildi.

Misr armiyasi kecha Shimoliy Sina viloyatida uyushtirilgan amaliyotda qurolli 3 kishining jon berganligini va 5 kishining nazorat ostiga olinganligini bildirgan edi.



Aloqador xabarlar