AQSh Polshani 10 mlrd 500 mln dollarlik Patriot majmualari bilan ta’minlaydi

Joriy yilning iyul oyi boshida Polsha va AQSh mudofaa vazirliklari Polshaga Patriot majmualarini yetkazib berish bo'yicha kelishuvni imzoladi.

850142
AQSh Polshani 10 mlrd 500 mln dollarlik Patriot majmualari bilan ta’minlaydi

AQSh Polshani 10 mlrd 500 mln dollarlik Patriot raketalarga qarshi mudofaa majmualari bilan ta’minlaydi.

Bu haqda AQSh mudofaa vazirligi Pentagonning harbiy hamkorlik boshqarmasi ma’lum qildi. 

“AQSh davlat departamenti Polshaga havo va raketa hujumiga qarshi, Patriot "3" konfiguratsiyadagi modernizatsiya qilingan sensorli Patriot tizimlari yetkazib berilishini ma’qullaydi. Pentagonning harbiy hamkorlik boshqarmasi 14 noyabr kuni bu xususda kongressga murojaat qildi”,-deyiladi bayonotda.

Eslatib o’tish joizki, joriy yilning iyul oyi boshida Polsha va AQSh mudofaa vazirliklari Polshaga Patriot majmualarini yetkazib berish bo'yicha kelishuvni imzolashgan.

Ushbu hujjat AQSh prezidenti Donald Trampning Varshavaga tashrifi chog’ida imzolangan.

Hujjatda qayd etilishicha, ushbu majmualar Polshaga 2022 yilgacha yetkazib beriladi.

 

 



Aloqador xabarlar