Nyu Yorkda BMTda bo'lib o'tgan 72- sessiyasida ilk marotaba  AQSh Prezidenti bayonot berdi.

Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh Assambleyasida ilk marotaba  xitob qilgan Amerika qo’shma  shtatlari Prezidenti Tramp, millionlar qochqinga  mezbonlik qilgan Turkiya, Iordaniya va Livanga minnatdorchilik bildirdi.

810497
Nyu Yorkda BMTda bo'lib o'tgan 72- sessiyasida ilk marotaba  AQSh Prezidenti bayonot berdi.

Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh Assambleyasida ilk marotaba  xitob qilgan Amerika qo’shma  shtatlari Prezidenti Tramp, millionlar qochqinga  mezbonlik qilgan Turkiya, Iordaniya va Livanga minnatdorchilik bildirdi.  

Tramp, Nyu Yorkda BMTda amalga oshgan 72 sessiyasida ilk marotaba  AQSh Prezidenti bayonot berdi.

Donald Tramp, Suriyadagi ichiki urushdan qochib kelgan  qochqinlar bilan aloqali  qilgan muhokamasida, “ Tegishli BMT tashkilotlariga, terror tashkiloti IShIDdan qutqarilgan hududlarga gumanitar yordam yetkazib berganlari  uchun minnatdorchilik bildirdi. Ayniqsa Iordaniya, Turkiya va Livanga, Suriyadagi to’qnashuvlardan qochib kelgan qochqinlarga mezbonlik qilganlari uchun tashakkurlarimni bildiraman dedi.”

Suriya bilan aloqali bo’limda  esa, Asad rejimini qattiq tanqid qilgan Tramp, “ jinoyatchi Bashshar Asad rejimi, ma’sum bolalar bilan bir qatorda o’z xalqiga qarshi kimiyaviy quroldan foydalandi. Man qilingan kimiyaviy  qurollardan foydalan  taqdirda hech bir o’lka kafolat bo’lmaydi. Shu bois AQSh, ( Kimiyaviy hujumlar qilingan) havo bazasiga raketa hujumi uyushtirdi.” deb aytdi.

Ba’zi “qaroqchi davlatlar”  millatlar bosh og’rig’i ekanini anglatgan va bu so’zlarning ortidan Shimoliy Koreya rejimini qattiq tanqid qilgan Tramp, atom dasturini davom ettirgan taqdirda bu o’lkaga qarshi qadam tashlashga tayyor ekanlarini  ma’lum qildi.

Shimoliy Koreya  borasida Tramp, “ ( Shimoliy Koreya lideri) Raketa odam, ham o’zi hamda rejimi uchun terakt  bir missiyasidadir.

Agar AQSh, o’zini va ittifoqdoshlarini  mudofaa qilmoq majburiyati qolsa Shimoliy Koreyani butunlay yo’q qilishdan boshqa chora qolmaydi. AQSh bunga tayyor, istakli  va buni qilishi mumkin.

Boshqa tomondan ham Tehron  boshqaruvini  ham qattiq so’zlar tanqid qilgan Tramp, bu o’lka “ terrorni himoya qilishdan” voz kechishi kerak deb aytdi.

Tramp, Eron Hizbullah va Bashshar Asad rejimini himoya qilib mintaqada inqirozni yoygani qayd etib,

“ Eron bilan yadrovi kelishuv AQSh uchun sharmandalik. Bu mavzuda hanuz oxirgi gapimizni eshitmadingiz.” Dedi.

AQSh  lideri, Venesuela hukumati xalq ustidagi “ avtoritar boshqaruvini ” davom ettirgan taqdirda bu o’lkaga qarshi yana ham ilgari qadamlar tashlashga tayyor ekanlarini ham aytdi.

Bu o’lkada demokratiya va demokratik tashkilotlarni  yangidan inshoo etish uchun xalqaro jamoatchilikning sezgir bo’lishi kerak degan Tramp, “ u uyerdagi vaziyat qabul qilinmas. To’xtab buni tomosha qiladigan emasmiz.” Dedi.

Afg’onistondagi urush borasida to’xtagan Tramp, bu o’lkada Tolibon bilan duch kelganda nuqtalarda harbiy angajman qoidalarini  o’zgartirganlari aytib yana ham ta’sirchan qadamlar tashlashimiz mumkin dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Prezident , #Tramp , #BMT , #Bayonot

Aloqador xabarlar