Rossiya kuchlari Suriyada 200dan ortiq jangarini yo'q qildi

“Suriyaning Dayr az-Zor shahriga yo’l olayotgan DAIShga tegishli jangarilar guruhiga havodan hujum qilindi",-deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotida.

793671
Rossiya kuchlari Suriyada 200dan ortiq jangarini yo'q qildi

Rossiya havo kuchlari Suriyada terror tashkiloti DAIShga og’ir zarba berdi.

Rus jangovar samolyotlar Suriyaning Dayr az-Zor shahriga yo'l olayotgan 200dan ortiq jangarilar guruhini yo'q qildi.

Rossiya Mudofaa vazirligi bu haqda bayonot berdi.

“Suriyaning Dayr az-Zor shahriga yo’l olayotgan DAIShga tegishli jangarilar guruhiga havodan hujum qilindi. Havo harakatida yirik kalibrli qurol hamda minomyotlarga ega bo'lgan 20 avtomobil, shuningdek, zirhli texnika, tanklar hamda oq-dori yuklangan yuk transporti portlatildi. Bular orasida taxminan 200dan ortiq jangari ham yo’q qilindi”,-deyiladi bayonotda.

Rakka va Humusda katta kuch yo’qotgan DAISh jangarilari Dayr az-Zorda avgust oyi davomida kuchlarni bir joyga to'plashga harakat qilmoqda.

DAIShning Dayr az-Zorda tor-mor etilishi jangari guruhining Suriyadagi strategik mag'lubiyatiga aylanadi.

 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #DAISh , #jangari , #zarba , #Suriya

Aloqador xabarlar