Germaniyadagi halokatda 18 kishining bedarak yo’qolganligi aniqlandi

Politsiya xizmati voizi, "Bedarak yo’qolganlar yonib ketgan avtobusta, jon bergan bo’lishi mumkin” degan fikrda.

763713
Germaniyadagi halokatda 18 kishining bedarak yo’qolganligi aniqlandi

Germaniyada bugun yuz bergan avto halokatda 17 emas, 18 kishining bedarak yo’qolganligi; 30 kishidan ortiq emas aslida roppa-rosa 30 kishining tan jarohati olganligi aniqlandi.  

Frankoniya politsiyasi o’zining rasmiy twitter sahifasi orqali bergan bayonotida, jon berganlar haqida ma’lumot bermas ekan politsiya xizmati voizi bir xususiy telekanalga bergan bayonotida halokatda 30 yo’lovchining tan jarohati olganligini va ulardan ba’zilarining esa ahvolining og’ir ekanligini bildirdi.  

Shuningdek qutqarilganlarning ko’pchiligining ham shok holatiga tushib qolganligini qayd etgan politsiya xizmati voizi halokatda, oqibatlari noma’lum bo’lgan 18 kishining jon bergan bo’lishi mumkinligidan xavotirda ekanligini qayd etdi.

Aytib o’tish joizki Germaniyaning Bavariya viloyatidagi Myunxberg shaharchasi yaqinlaridagi avtomobil yo’lida bugun sayyohlarni tashigan bir avtobus yuk tashuvchi mashina bilan to’qnashib ketar ekan ortidan yo’nib ketgan.

Roppa-rosa 46 yo’lovchi va 2 nafar haydovchini tashigan sayyoh avtobusining oqibatida yuqorida ham ma’lum qilinganidek 18 kishining bedarak yo’qolganligi, 30 kishining esa tan jarohati olganligi aniqlandi.

“Sueddeutsche Zeitung” nashriga ko’ra avtobusdagi yo’lovchilarning ko’pchiligi Germaniyaning sharqidan Nurembergga qarab sayohat qilgan nafaqahorlardan iborat edi.

Halokat ortidan avtomobil yo’lining har ikki tomoni ham xizmatga yopib qoyildi.

 



Aloqador xabarlar