Eron TIV Javad Zarif kecha Anqarada edi

Kecha Eronda terakt yuz berar ekan mamlakat Tashqi ishlar vaziri Javad Zarif kutilmagan joydan Turkiyaga keldi.

748805
Eron TIV Javad Zarif kecha Anqarada edi

Kecha Eronda terakt yuz berar ekan Javad Zarif kutilmagan joydan Turkiyaga keldi.

Eron Tashqi ishlar vaziri Javad Zarif kecha poytaxt Anqarada eng avvalo Prezident Rajap Tayyip Erdog’an tomonidan qabul qilindi.

Zarifning Erdog’an bilan bo’lgan uchrashuvi matbuotga yopiq ravishda bo’lib o’tdi.

Roppa-rosa 55 daqiqa davom etgan uchrashuvda Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li ham ishtirok etdi.

Javad Zarif buning ortidan kasbdoshi Mevlut Chavusho’g’li bilan ham alohida, uchrashdi.

Matbuotga yopiq ravishda bo’lib o’tgan uchrashuvda Suriya bosh bo’lish bilan birga mintaqaviy mavzular ham baholandi, ikki mamlakat munosabati ko’rib chiqildi.

Shu doirada o’tkazilishi rejalashtirilgan Oliy darajali hamkorlik kengashi tayyorgarliklari ham qo’lga olindi.  


Tanlangan kalimalar: #Javad Zarif , #Eron , #Anqara

Aloqador xabarlar