Mo'sulda ayollarning paranji niqob kiyib yurishi man qilindi

DAISh jangarilarining niqob ostiga yashirinib, o’zini portlatish orqali hujum sodir qilishini oldini olish maqsadida bunday cheklov keltirilgan.

741307
Mo'sulda ayollarning paranji niqob kiyib yurishi man qilindi

Iroq hukumati Mo'sulda ayollarga paranji niqob kiyib yurishni ta'qiqladi.

Mo’sul viloyatining terror tashkiloti DAIShdan tozalangan hududlarida, ayollarning ramazon oyida faqatgina ko’zi ochilib turadigan niqob kiyishi qat’iyan man qilindi.

DAISh jangarilarining niqob ostiga yashirinib, o’zini portlatish orqali hujum sodir qilishini oldini olish maqsadida bunday cheklov keltirilgan.

Bundan tashqari, hukumat soat 18.00dan keyin mototsikllarda yurishni taqiqladi, qoidani buzganlar esa, jazolanadilar.

Shuningdek, elektronika do'konlari egalari mobil telefonlar va sim-kartalar xarid qiluvchi odamlar haqida barcha ma’lumotlarni to'plashga majburlab qo'yildilar.

Ninova politsiya boshqarmasi rahbari general Vask Hemdani: “Oxirgi kunlarda Mo’sulda qisuvga olingan DAISh jangarilari ayol tusiga kirib, yuzi ko’rinmaydigan niqob paranji kiyib qochishga harakat qilmoqda. Ba’zi jangarilar bu shaklda viloyat g’arbidan sharqiga tomon qochishni uddalagan. Shu sababli Mo’sulda niqob kiyishni man qilgan holda, jangarilarning qochishini oldini olishga harakat qilyabmiz”,-dedi.



Aloqador xabarlar