Italiyadagi G-7 Sammiti o’z nihoyasiga yetdi

Italiyaning Sitsiliya orolidagi Taormina shahri G-7 Sammitiga mezbonlik qildi.

740743
Italiyadagi G-7 Sammiti o’z nihoyasiga yetdi

Navbatdagi G-7 Sammiti Italiyaning Sitsiliya orolidagi Taormina shahrida bo’lib o’tdi.

Liderlar terrorga qarshi kurashda kelishib olar ekan, iqlim o’zgarishiga qarshi kurash olib borish masalasida til topisholmadi.

Suriya, Liviya, Shimoliy Koreya kabi muhim tashqi siyosat masalasida kelishib olgan liderlar, Afrika bilan bo’lgan munosabatlarining orttirilishi masalasida ham ijobiy ko’z qarashda edi.

G-7 liderlari Ukrainaga qaratilgan vazifalarini bajarmagudek bo’lsa unda Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar kiritish borasida ham kelishib oldilar.

Sammitda migratsiya va erkin savdo masalalarida ham qisman shaxdam qadamlar tashlandi.

Iqlim o’zgarishiga qarshi kurash olib borish masalasida esa Amerika Qo’shma Shtatlari bilan qo’lgan 6 mamlakat kelisholmadi.

Amerika Qo’shma Shtatlarining Iqlim bo’yicha Parij Konventsiyasiga bo’lgan tobeligini davom ettirib ettirmasligi esa hozircha noma’lum.

Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trump ushbu konventsiya haqida ijtimoiy media orqali bergan bayonotida, bu to’g’risidagi oxirgi qarorini kelasi hafta berishini qayd etdi.


Tanlangan kalimalar: #G-7 , #Italiya , #G-7 Sammiti

Aloqador xabarlar