Indoneziyaning poytaxti Jakartadagi avtobus vokzalida portlash sodir bo’ldi

Ketma-ket ro’y bergan portlashlarda 3 nafar politsiya xodimi halok bo’ldi.

739148
Indoneziyaning poytaxti Jakartadagi avtobus vokzalida portlash sodir bo’ldi

Indoneziyaning poytaxti Jakartadagi avtobus vokzalida kuchli portlash sodir bo’ldi.

Ketma-ket ro’y bergan portlashlarda 3 nafar politsiya xodimi halok bo’ldi.

Ikkita xudkush bombachi tomonidan sodir qilingan portlashlarda 10 kishi jarohat olgan.

Portlashning kuchi bilan atrofdagi bino va ishxonalarning derazalari sinib ketgan.

Eng gavjum musulmon aholiga ega bo’lgan Indoneziyada xavfsizlik kuchlari anchadan beri terror tashkiloti DAIShga qarshi operatsiya o’tkazayotgan edi.

Eslatma: Jakartada yanvar oyida sodir bo’lgan bombali hujumlarda 4 kishi halok bo’lgan edi.

Hujumni terror tashkiloti DAISh o’z zimmasiga olgan edi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar