O’rta Yer dengizida muhojir fojiasi…

Italiya sohil xavfsizlik xodimlari Liviya sohilida muhojirlarni olib ketayotgan bir qayiq cho’kib ketganini ma’lum qildi.

738543
O’rta Yer dengizida muhojir fojiasi…

O’rta Yer dengizida muhojir fojiasi…

Italiya sohil xavfsizlik xodimlari Liviya sohilida muhojirlarni olib ketayotgan bir qayiq cho’kib ketganini ma’lum qildi.

Fojiadan so’ng, kamida 20 muhojirning jasadi topilgan.

Ma’lum bo’lishicha, qayiqda 200dan ziyod muhojir bo’lgan.

Bedarak yo’qolgan muhojirlar esa qidirilmoqda.

Darvoqe, BMT o’tgan hafta fojiaga uchragan ikkita qayiqdagi 250 muhojirning bedarak yo’qolganini ma’lum qilgan edi.

BMT qochqinlar oliy komissariyati ma’lum qilishicha, qayiqlardan biri Liviya sohilida cho’kib ketgan.

Ushbu qayiqda 163 kishi bo’lgan. Bulardan 6 nafari qutqarib qolingan. Qolganlari esa suvda g’arq bo’lgan.

132 muhojir bilan cho’kib ketgan qayiqdan esa 50 muhojir qutqarib qolingan. Ular Italiyaning Sitsilia oroliga olib ketilgan.

O’rta Yer dengizida mazkur oyda jami 600, 4 oy ichida esa 1300dan ortiq muhojir halok bo’lgan.

Italiya sohil xavfsizlik xodimlari bir yil ichida taxminan 7500 muhojirni o’limdan qutqarib qolgan.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #O'rta Yer dengizi , #muhojir , #fojia , #qayiq , #dengiz , #sohil

Aloqador xabarlar