Amerika Rossiya chegarasiga F-35 jangovar samolyot joylashtirmoqchi...

AQSh Angliyaning “Lakenheath” harbiy bazasidan ikki dona F-35 harbiy samolyot bilan 20 nafar havo harbiy xodimini Estoniyaning “Amari” havo harbiy bazasiga jo’natgan.

721106
Amerika Rossiya chegarasiga F-35 jangovar samolyot joylashtirmoqchi...

Amerika Rossiya chegarasiga F-35 jangovar samolyot joylashtirmoqchi.

AQSh Havo kuchlari yozma bayonotiga ko’ra, AQSh Angliyaning “Lakenheath” harbiy bazasidan ikki dona F-35 A Lightning 11 model harbiy samolyot bilan 20 nafar havo harbiy xodimini Estoniyaning “Amari” havo harbiy bazasiga jo’natgan.

Bayonotga ko’ra, ushbu F-35 harbiy samolyoti Yevropadagi ta’lim mashg’ulotlariga qatnashadi.

“Ushbu qaror anchadan beri rejalanayotgan edi. Mavjud vaziyat bilan hech qanday aloqasi yo’q. Estoniyalik ittifoqdoshlarimiz bilan hamkorlikda shu qarorga keldik. Amerika ittifoqdoshlarimiz va hamkorlarimizga mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash xususida bergan va’dasiga kafolat beradi, ayni paytda F-35A samolyotlariga Yevropa havo maydoni bilan tanishish imkoniyati yaratiladi”,-deyiladi yozma bayonotda.

AQSh F-35 harbiy samolyotlarining A, B, C variantini ham ishlab chiqarmoqda.

Turkiya bilan bir qatorda, jami 9 davlatning mushtarak shirkatlar ittifoqi tomonidan ishlab chiqarilgan F-35 harbiy samolyotining 2018 yilga qadar tegishli davlatlarga topshirilishi kutilmoqda.

Turkiya F-35 harbiy samolyotidan 107 taga buyurtma bergan.

Ushbu buyurtmaga ko’ra, F-35 harbiy samolyotining dastlabki ikki nafari joriy yilda Turkiyaga topshirilishi kutilmoqda.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar