Rus urush uchoqlari Idlibda hujum uyushtirdi

Rus urush uchoqlari Suriyaning shimolida joylashgan Idlib shahrining Hambushiya qishlog’ida hujum uyushtirdi.

710630
Rus urush uchoqlari Idlibda hujum uyushtirdi

Suriyaning shimolida joylashgan Idlib shahrining Hambushiya qishlog’ida uyushtirilgan havo hujumi oqibatida 3 kishi jon berib, 8 kishi tan jarohati oldi.

Mahalliy manbaalardan olingan ma’lumotga ko’ra rus urush uchoqlari tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida tan jarohati olganlar mintaqadagi dala gospitallariga yotkizilgan.

Aytib o’tish joizki Bashar al-Asad rejimiga oid kuchlar mamlakatning Lazkiya va Idlib shaharlaridagi bir necha qishloqni zambarak va raketalar orqali o’qqa tutganligi qayd etildi.


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #Idlib , #rus urush uchoqlari

Aloqador xabarlar