Eron yangi bir raketani muvaffaqiyalti ravishda sinovdan o'tkazdi

Eron, o'lkaning janubida olib borgan harbiy mashg'ulotlarda yangi bir raketan sinovdan o'tkazdi.

680874
Eron yangi bir raketani muvaffaqiyalti ravishda sinovdan o'tkazdi

Eron, o'lkaning janubida olib borgan harbiy mashg'ulotlarda yangi bir raketani muvaffaqiylatli ravishda sinovdan o'tkazdi.

Mudofaa  Vaziri Huseyin Dehkan, Dengiz kuchlari tomonidan o'lkaning Janubida davom etgan "Velayet 95" nomli mashg'ulotlar doirasida yangi bir dengiz kruz raketasining sinovdan o'tkazilganini ma'lum qildi.

Mahalliy imkonlar bilan ishlab chiqarilgan Nasr nomli raketa otilgandan keyin maqsadni to'g'ri nishonga olganini izohlagan Eronlik vazir, raketaning boshqa xususiyatlari haqida esa ma'lumot bermadi.

Amerika Qo'shma Shtatlari, Erdonning so'ngi paytlar o'tkazgan raketa sinovlariga norozichilik ko'rsatdi.

Washington boshqaruvi, Eronning balistik raketa sinovlari tufayli 3 Fevral kuni ayrim Eron shirkat va kishilariga sanktsiya tatbiq etishga qaror qildi.

Tehron ham bunga qarshi terrorni dastaklagan ayrim Amerikali shirkatlar va kishilarga imbargo tatbiq etishini ma'lum qildi.


Tanlangan kalimalar: #eron , #yangi raketa , #sinab ko'rdi

Aloqador xabarlar