Nikol Pashinyan “tarixiy Armaniston”ni qidirishni to‘xtatish kerakligini aytdi

Pashinyan Armaniston Milliy Assambleyasida parlament a'zolarining savollariga javob berar ekan, muammolarni hal qilishda yo'l ko'rsata oladigan davlat qarashi va tushunchasini rivojlantira olmaganini tan oldi.

2143310
Nikol Pashinyan “tarixiy Armaniston”ni qidirishni to‘xtatish kerakligini aytdi

 

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan “tarixiy Armaniston”ni qidirishni to‘xtatish kerakligini aytdi.

Uning ta’kidlashicha, Armaniston hozirda armanlar yashaydigan 29 ming 743 kvadrat kilometr yerdan iborat.                                 

Pashinyan Armaniston Milliy Assambleyasida parlament a'zolarining savollariga javob berar ekan, muammolarni hal qilishda yo'l ko'rsata oladigan davlat qarashi va tushunchasini rivojlantira olmaganini tan oldi.

Pashinyan Armaniston 1991-yilda mustaqillikka erishganida, 20 yildan keyin qanday bo‘lishi haqida dastur ishlab chiqa olmaganini ta’kidladi.

Bu muammo hamon davom etayotganini, haqiqatan ham Armaniston vizioni ishlab chiqish zarurligini ta’kidlagan Pashinyan, Armaniston ijtimoiy psixologiyasidagi eng muhim masalalardan biri “yo‘qolgan Armanistonni qidirish” ekanligini aytdi.

"Biz vatan ichida vatan qidiryabmiz. Endi bizning siyosiy ko’rsatmamiz shu. Hurmatli vatandoshlar! Armaniston Respublikasining aziz fuqarolari! Biz "tarixiy Armaniston"ni qidirishni to'xtatishimiz kerak, chunki biz bu vatanni topdik. Bu onavatan 29 ming 743 kvadrat kilometr suveren hududni o'z ichiga olgan Armaniston Respublikasidir!”,-deydi bosh vazir Nikol Pashinyan.


Tanlangan kalimalar: #Nikol Pashinyan , #Armaniston

Aloqador xabarlar