Rossiyada "Robinzon R66" vertolyoti qulab tushdi

TASS xabar agentligi ma'lum qilishicha, Rossiya Federatsiyasiga qarashli Altay avtonom respublikasidagi Teletskoe ko'liga qulab tushgan vertolyotda 5 kishi bo'lgan.

670855
Rossiyada "Robinzon R66" vertolyoti qulab tushdi

Rossiya Federatsiyasiga qarashli Altay avtonom respublikasida "Robinzon R66" vertolyoti qulab tushdi.

TASS xabar agentligi bu haqda ma'lumot beradi.

Xabarga ko'ra, Altay avtonom respublikasidagi Teletskoe ko'liga qulab tushgan vertolyotda 5 kishi bo'lgan.

Bular orasida Altay avtonom respublikasining sobiq bosh vazir o'rinbosari Anatoliy Bannihning ham borligi aytilmoqda.

Fojiada tirik qolganlarning bor yoki yo'qligiga doir hamon rasmiy bayonot berilmadi.

Vertolyot qulab tushgan hududda qidiruv faoliyatlari ketmoqda.

 

 

 



Aloqador xabarlar