BMT Bosh kotibi Antonio Guterres Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi

Antonio Guterres Saudiya Arabistonida Qrol Selman Bin Abdulaziz tomonidan qabul qilindi.

670930
BMT Bosh kotibi Antonio Guterres Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi

BMT Bosh kotibi Antonio Guterres Yaqin sharq ziyoratini boshladi.

Guterres dastlab Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi.

Antonio Guterres Saudiya Arabistonida Qrol Selman Bin Abdulaziz tomonidan qabul qilindi.

Poytaxt Riyadda bo’lib o’tgan uchrashuvda xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash xususida BMTning sa’y-harakatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, Guterres Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Odil Al-Jubeyr bilan uchrashdi.

Bo’lib o’tgan uchrashuvda mintaqaviy masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, Suriya, Yaman, Iroq va Liviyadagi muammolar, islomofobiya va terrorizmga qarshi kurash, BMT qoshidagi terrorizmga qarshi kurash markazini faollashtirish, muhtoj insonlarga gumanitar yordam tarqatish kabi masalalar muhokama qilindi.

Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Odil Al-Jubeyr BMTning Yamandagi maslahatchisi Ismail Vild Shayh Ismailga ko’rsatgan ustun xizmatlari uchun minnatdorchilik bildirdi.

Suriyada muammolarni tubdan bartaraf etish uchun avvalo terror tashkiloti DAIShga qarshi kurashni kuchaytirish kerakligini aytgan BMT Bosh kotibi Antonio Guterres bu jihatdan siyosiy yechimni yo’lga qo’yish muhim ekanini tilga oldi.

Yamandagi vaziyatga to’xtalgan Guterresning fikricha, muzokaralar Yaman xalqining talablari inobatga olingunicha davom etishi kerak.

BMTga bosh kotib etib tayinlangach, dastlabki xorij ziyoratini o’tgan hafta Turkiyaga amalga oshirgan Guterres Saudiya Arabistoni ziyoratini yakunlab, Birlashgan Arab Amirliklari, Omman, Qatar va Misrga rasmiy ziyorat amalga oshiradi.

 

 



Aloqador xabarlar