Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Sharqiy Ukrainani murosaga chaqirdi

Ukraina sharqidagi Donbas hududida Ukraina qo’shini bilan Rossiya tarafdorlari bo’lgan isyonchilar o’rtasida 2014 yildan beri otishmalar davom etmoqda.

665174
Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Sharqiy Ukrainani murosaga chaqirdi

Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Sharqiy Ukrainani murosaga chaqirdi.

Tashkilot bosh kotibi Lamberto Zannier Sharqiy Ukrainada takror avj olgan to’qnashuvlarni tanqid qilib, tomonlarni o’zaro murosaga chaqirdi.

Aholi gavjum yashagan Sharqiy Ukrainada ihtiyoriy hujumlarni qoralagan

Lamberto Zannier tomonlarning darhol to’qnashuvlarni to’xtatishi va Minsk shartnomasi hamda sulh bitimiga to’la amal qilishi kerakligini bildirdi.

Uning aytishicha, ushbu to’qnashuvlardan asosan, tinch aholi zarar ko’rmoqda.

Eng achinarlisi shuki, minglab aholi notinch hududda qolib ketgan.

Shu sababli ular oziq-ovqat va issiq boshpanaga muhtoj vaziyatda.

Eslatma: Ukraina sharqidagi Donbas hududida Ukraina qo’shini bilan Rossiya tarafdorlari bo’lgan isyonchilar o’rtasida 2014 yildan beri otishmalar davom etmoqda.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar