Iroq ham AQShdan o’ch olish niyatida, Amerika fuqarolarining Iroqga kirishini man etmoqchi

Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trumpning Iroq doxil 7 ta musulmon davlati fuqarolarining mamlakatga kirishini vaqtinchalik man etgan qarornomasiga qarshi norozilik ko’rsatish faoliyatlari davom etmoqda.

661935

Shu doirada Iroq Tashqi ishlar vaziri Ibrohim al-Jafariyning AQShning Iroq elchisini vazirlikga taklif qilib, bu haqidagi fikrini yetkazajagi ma’lum bo’ldi.

Reuters axborot agentligiga intervyu bergan iroqlik hukumat vakiliga ko’ra, Jafariy bugun yoki ertaga AQShning Iroq elchisi bilan poytaxt Bog’dodda uchrashib hukumatning, Iroq fuqarolarining 90 kungacha AQShga kirishini man etgan qarori haqidagi fikrini yetkazadi.

Iroqda DEASh terror tashkilotiga qarshi kurashgan Xashdi Shabi nomidagi Xalq harakati kuchlari ham Trumpning nomi tilga olingan qarori ortidan Amerika fuqarolarining deportatsiya qilinishi va mamlakatga kirishining to’xtatilishini talab qilgan edi.

Iroqdagi shia musulmonlarining diniy rahbari Muktad as-Sadr ham AQShdan o’ch olish niyatida AQSh fuqarolarining Iroqdan chiqarilishi kerakligini himoya qilgan edi.

Aloqador xabarlar