Yamanda terror tashkiloti DAIShga xudkush bombachi yetishtirib bergan shaxs qo'lga tushirildi

Kimligi oshkor etilmagan bu shaxs bugungacha DAIShni 25 ta xudkush bombachi bilan ta’minlagan, bulardan 5 nafari o’zini portlatish orqali terrorchilik harakatini sodir qilgan.

653401
Yamanda terror tashkiloti DAIShga xudkush bombachi yetishtirib bergan shaxs qo'lga tushirildi

Yamanda terror tashkiloti DAIShga xudkush bombachi yetishtirib berish bilan shug’ullangan shaxs qo’lga tushirildi.

Yamanning Aden shahridagi Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi bu haqda bayonot berdi.

Bayonotga ko’ra, qo’lga olingan shaxs terror tashkiloti DAIShga xudkush bombachi yetishtirish bilan shug’ullangan va ularni terrorchilik harakatlarini sodir qilishga tayyorlashdan mas’ul bo’lgan.

Bu shaxs Aden shahrida qo’lga tushirilgan.

U odatda DAISh qurbonlarini internet orqali tanlab kelgan va ularning ongini zaharlab, DAIShga jalb qilib kelgan.

U asosan moddiy ahvoli nochor bo’lgan yoshlarni tanlagan.

Kimligi oshkor etilmagan bu shaxs bugungacha DAIShni 25 ta xudkush bombachi bilan ta’minlagan, bulardan 5 nafari o’zini portlatish orqali terrorchilik harakatini sodir qilgan.

 



Aloqador xabarlar