Afg’oniston terakti: Qandahor gubernatori Humoyun Aziziy va BAA elchisi og'ir yaralandi

Xokimiyat mehmonxonasida viloyat gubernatori Humoyun Aziziy, BAAning Afg'onistondagi elchisi Al-Ka’biy va boshqa oliy martabali vakillar ishtirokida majlis bo’lib o’tayotgan paytda bomba portlatilgan.

648785
Afg’oniston terakti: Qandahor gubernatori Humoyun Aziziy va BAA elchisi og'ir yaralandi

Kecha, 10 yanvar kuni Afg’onistonning Qandahor viloyatida kuchli portlash ro’y berdi.

Ushbu portlash Qandahor viloyati gubernatori Humoyun Aziziy va BAAning Afg'onistondagi elchisi Juma Muhammad Abdullah Al-Ka’biyning uchrashuvi bo’lib o’tayotgan paytda yuzaga kelgan.

Portlash oqibatida 11 kishi halok bo’lgan, 15 kishi yaralangan.

Yaradorlar orasida Qandahor gubernatori bilan bir qatorda, BAAdan ikki diplomat, jumladan, elchi ham bo'lgan.

Qandahor Xavfsizlik boshqarmasi direktori general Abdul Razzak ma’lum qilishicha, xokimiyat mehmonxonasida viloyat gubernatori Humoyun Aziziy, BAAning Afg'onistondagi elchisi Al-Ka’biy va boshqa oliy martabali vakillar ishtirokida majlis bo’lib o’tayotgan paytda bomba portlatilgan.

Ma’lum bo’lishicha, mehmonxonadagi kreslolardan birining ichiga oldindan bomba joylashtirib qo’yilgan.

Majlis boshlangach, bomba uzoqdan pult vositasida portlatilgan.

Portlashdan so’ng, mehmonxonada yong’in kelib chiqqani aytiladi.

Jasadlar yonib ketgani uchun ularning kimga oid ekani hali aniqlanmadi.

Portlashda yaralangan gubernator bilan o’rinbosarining ahvoli og’ir ekani aytilmoqda.

Yarador diplomatlarning vaziyati haqida biron ma’lumot berilmadi.

Tolibon ushbu portlashga hech qanday aloqasi yo’qligini ma’lum qildi.

Poytaxt Qobulda ham Majlis binosi yaqinida ketma-ket terrorchilik harakati sodir bo’lgan edi.

Ushbu terrorchilik harakatida 30 kishi halok bo’lgan edi va 70 kishi yaralangan edi.

Tolibon terrorchilik harakatini o’z bo’yniga olgan edi.

Turkiya birinchilardan bo’lib, Qobuldagi terrorchilik harakatini qoraladi.

Shuningdek, Afg’oniston hukumati va qardosh afg’on xalqiga hamdardlik bildirdi.

 

 

 



Aloqador xabarlar