Mosul amaliyoti doirasida oxirgi 4 kun mobaynida 202 nafar DEASh a’zosi o’ldirildi

Mosulni DEASh terror tashkilotidan qutqarish uchun Iroq armiyasi, Peshmerga kuchlari va ko’pchiligi Bashika lagerida Turk harbiylaridan ta’lim olgan “Ninova mujohitlari” 2016-yilning 17-oktabri kuni amaliyot boshlatgan edi.

605800
Mosul amaliyoti doirasida oxirgi 4 kun mobaynida 202 nafar DEASh a’zosi o’ldirildi

Iroq armiyasi Mosulni DEASh terror tashkilotidan qutqarish amaliyoti doirasida oxirgi 4 kun ichida 12 ta mahalla bilan 48 ta qishloqni DEASh terror tashkilotidan qutqardi.

Koalitsiya uchoqlari tomonidan havodan qo’llab-quvvatlangan amaliyotda shuningdek 202 nafar DEASh terror tashkiloti a’zosi o’ldirildi.

Ma’lumotlar orasida Iroq armiyasi yo’qotishlari haqida hech qanday ma’lumot berilmadi.

Iroqning ikkinchi yirik shahri hisoblangan Mosulni DEASh terror tashkilotidan qutqarish uchun Iroq armiyasi, Peshmerga kuchlari va ko’pchiligi Bashika lagerida Turk harbiylaridan ta’lim olgan “Ninova mujohitlari” 2016-yilning 17-oktabri kuni amaliyot boshlatgan edi.

 



Aloqador xabarlar