Suriyaning shimolida qochqinlar uchun qurilgan chodirlarni suv bosdi

Kuchli yog’ingarchilik ta’sirida qochqin lagerlaridagi omonat chodirlarning aksariyati buzilib ketgan, ko’pchiligi esa, suv ostida qolib ketgan.

601946
Suriyaning shimolida qochqinlar uchun qurilgan chodirlarni suv bosdi
suriye çadırkent su altında kaldı1.jpg

Suriyaning shimolida qochqinlar uchun qurilgan lagerlarni suv bosdi.

Havoning soviy boshlashi bilan qochqin lagerlaridagi sharoit yana ham ayanchli ahvolda.

Kuchli shamol va yog’ingarchilik oqibatida qochqinlar yashagan lagerlar suv ostida qoldi.

Suriyaning Bab Es-Selame chegarasida joylashgan Azez viloyatidagi “Furkan”, “Muhabirin” va “Yashil qo’llar” deb nomlangan lagerlar hamda Turkiya chegarasiga yaqin masofada joylashgan “Atme” lageri kuchli yog’ingarchilik oqibatida balchiqqa bulandi.

Yirtiq-yamoq chodirlarda kun kechirgan suriyaliklar qish fasli kirib kelishi bilan yana ham kiyin ahvolda qoldi.

Ular nafaqat Beshar Asad rejimi va rus jangovar samolyotlarining bombardimonlariga qarshi, balki qahraton sovuq va kuchli yong’ingarchilikka qarshi ham kurashishga majburdirlar.

Kuchli yog’ingarchilik ta’sirida qochqin lagerlaridagi omonat chodirlarning aksariyati buzilib ketgan, ko’pchiligi esa, suv ostida qolib ketgan.

Balchiqqa botib qolgan lagerda yashagan suriyaliklar zudlik bilan issiq joyga, qishki kiyim-kechakka va oziq-ovqatga muhtoj.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #qochqin , #lager , #Rossiya , #shamol , #yog’ingarchilik

Aloqador xabarlar