Poytaxt Bog’dodning 5 farqli nuqtasida terakt sodir etildi

DEASh terror tashkiloti deyarli har kuni Bog’dodda bomba yuklangan mashina va xudkushlar orqali qonli hujum uyushtirmoqda.

598744
Poytaxt Bog’dodning 5 farqli nuqtasida terakt sodir etildi

Iroq poytaxti Bog’dodning 5 farqli nuqtasida uyushtirilgan bombali hujum 8 kishining umriga zomin bo’ldi.

Bog’dodning Tarimiya va Medain tumanlari bilan al-Sulayh, al-Ibadiy va al-Amin mintaqalarini nishonga olgan hujumlarda shuningdek 36 kishi tan jarohati oldi.

Hujumni hali hanuz hech kim o’z zimmasiga olgani yo’q.

Lekin shuni aytib o’tish joizki DEASh terror tashkiloti deyarli har kuni Bog’dodda bomba yuklangan mashina va xudkushlar orqali qonli hujum uyushtirmoqda.

Iroqlik yetakchilar, yangi yildan oldin DEASh terror tashkilotining yo’q qilinajagini lekin Mosul amaliyotining boshlashi bilan terror hujumlarining ham ortishi mumkinligi aytib, xalqni ogohlantirdi.

Iroqning ikkinchi yirik shahri hisoblangan Mosulni DEASh terror tashkilotidan qutqarish uchun Iroq armiyasi, Peshmerga kuchlari va ko’pchiligi Bashika lagerida Turk harbiylaridan ta’lim olgan “Ninova mujohitlari” 2016-yilning 17-oktabri kuni amaliyot boshlatgan edi.

 

 

 



Aloqador xabarlar