AQSh Suriyaga S-300 havo mudofaa sistemasini joylashtirgan Rossiyaga e’tiroz bildirdi

Pentagon:“Rossiya asosiy maqsadi terrorizmga qarshi kurash ekanini aytmoqda, lekin ma’lum bo’lgani kabi, DAISh va Al-Nusra kabi terror tashkilotlari qo'lida jangovar havo kuchlari mavjud emas. Balki, ruslarning mavzuga doir biron mantiqli izohi bordir”.

583163
AQSh Suriyaga S-300 havo mudofaa sistemasini joylashtirgan Rossiyaga e’tiroz bildirdi
rusya suriye'ye S-300 gönderdi.jpg

AQSh mudofaa bahonasi bilan Suriyaga S-300 havo mudofaa sistemasini joylashtirgan Rossiyaga e’tiroz bildirdi.

Kundalik matbuot anjumanida so’zga chiqqan Oq Uy kotibi Josh Earnest Rossiyaning Beshar Asad rejimiga jo’natgan yangi roketa mudofaa sistemasiga doir o’zgarishlarni yaqindan kuzatib borganini ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Rossiya ekstremist guruhlarga qarshi kurash va mudofaa kabi bahonalar bilan roketa mudofaa sistemasini Suriyaga joylashtirgan.

“DAISh yoki Al-Qoidaning jangovar samolyoti yo’q deb o’ylayman”,-deydi Josh Earnest.

Bundan tashqari, Pentagon kotibi Peter Cook ham Rossiyaning roketa mudofaa sistemasini Suriyaga joylashtirganidan xabardor ekanini ma’lum qildi.

“Rossiya asosiy maqsadi terrorizmga qarshi kurash ekanini aytmoqda, lekin ma’lum bo’lgani kabi, DAISh va Al-Nusra kabi terror tashkilotlari qo'lida jangovar havo kuchlari mavjud emas. Balki, ruslarning mavzuga doir biron mantiqli izohi bordir”,-deydi Pentagon kotibi Peter Cook.

Mark Tonerning fikricha, Rossiyaning Suriyaga S-300 roketa mudofaa sistemasini joylashtirgani DAISh va Al-Qoidaga qarshi kurash kabi Suriyadagi maqsadlariga to’g’ri kelmaydi.

Rossiya Mudofaa vazirligi kotibi Igor Konashenkov Suriyaga S-300 havo mudofaa sistemasini jo’natganini ma’lum qilgan edi.

Igor Konashenkov ma’lum qilishicha, S-300 havo mudofaa sistemasi Rossiyaning Suriyadagi “Tartus” nomli dengiz harbiy bazasi bilan mintaqadagi kemalarni havodan keladigan tahdidlarga qarshi himoya qiladi.

Eslatma: Rossiya bundan oldin ham Suriyaga S-400 havo mudofaa sistemasini joylashtirgan edi.

 

 



Aloqador xabarlar