Turkiya nazaridan yaqin sharq 30-qism

Turkiyada to'ntaruv tashabbusi xalq tomonida bartaraf qilindi.

537756
Turkiya nazaridan yaqin sharq 30-qism

Arab Bahori voqealaridan keyin Yaqin sharqda tinchlik bo’lmadi. Siyosiy muvozanatsizlik go’yoki bir to’lqin misoli hududga tarqalib bormoqda. Suriya, Livan va Yamanda urush bahs mavzusi. Ustga-ustak so’ngi uch yil ichida, 2013-yil iyul oyi Misrda harbiy to’ntaruv va 2016-yil 15 iyul kuni Turkiyada to’ntarish tashabusining guvohi bo’ldik.

Misr va Turkiyadagi o’zgarishlarni quyidagicha xulosalantirish mumkin. 2011-yil yanvar oyi, xalq qo’zg’oloni natijasida sobiq davlat rahbari Husnu Muborakni to’ntarish bilan birga, Misrda demokratik jarayon harbiy kuchning qo'liga o'tib uning nazoratida tatbiq etilmoqda. Shuningdek harbiy organ va sud salohiyasi ham o’zgargan. Turkiyada AK Partiya vazifaga kelganden beri yani 2002 yildan buyon harbiy kuchning siyosiy rejimdagi o’rni cheklanishga boshlagan. Hattoki harbiy salohiyatning deyarli bekor qilinganini ayish mubolag’a bo’lmaydi. Ayni davrlar sudning salohiyatini orttirish uchun ham kirishuvlar olib borilgan. Birinchi o’rin harbiy salohiyatni cheklashga berilgani uchun sud sohasida islohot kiritish mavzusida kech qolingandir. Lekin buning o’z boshida sistemani suslashtirish qobiliyagi yo’q.

       Misr davlat rahbari Muhammed Mursi boshqaruvi, bir yil kabi qisqa orada Misrdagi eski tizimga qarshi kuchli bo’la olmagan. Nafaqat qo’shin, xavfsizlik tashkiloti, ish dunyosi va media ham unga qarshi edi. Mursining yagona imtiyozi xalq tomonidan saylanishi edi. Isyonkorlar, to’ntaruvdan oldin avvalo Mursining qonuniyligini bekor qiladigan yo’llar izlaganlar. Bu rejalar doirasida Misr jamiyatidan muhim bir bo’lim Mursi boshqaruviga qarshi siyosiy safarbarlik boshlatgan.

Turkiyada esa, to’ntaruv uchun yo’lga chiqganlar farqli, Misrda boshqaruv xalqning dastagidan mahrum bo’lgan. Turkiyada boshlatilgan kirishuvlar ijtimoyi jihatdan kuchli bo’lib, har saylovda g’olib bo’lib chiqgan e’tiborli bir siyosiy liderga ega. Kerak bo’lsa prezident Erdo’g’an va tegishli hukumat vakillarining xalqni chaqirishi ijobiy sado yaratdi. Bir zumda millionlab inson ko’chalarga chiqib demokratiyani qo’llab-quvvatlashga boshladi.

     Misrda esa qo’shin kuch birligi bilan faoliyatga o’tgan edi. Armiyaning boshida bo’lgan Abdulfettah El-Sisi ayni paytda Mursi hukumatida mudofaa vaziri edi. Qolaversa Misrdagi kuchli palitsiya tashkiloti qo’shin bilan birga harakat qilgan. Turkiyada esa 15 iyul kuni faoliyatga o’tgan guruh esa qo’mondonlardan alohida  harakat qilgan. Qo’mondonlaridan dastak olmagani kabi, bu kirishuvning ichida bo’lgan. Bir qo’mondondan buyruq olmagani kabi, tashabbus kirishganlar orasida armiya generali ham bo’lmagan. To’ntaruvga tashabbus etganlar davlat tizimiga kirib olgan va xorij bilan aloqasi bo’lgan diniy harakat ko’rinishidagi Fethullohchi terror faoliyatida bo’lgan tashkilotdir. Qo’shinda muhim joylarda bo’lganiga qaramay, hukmi  yetmagani uchun xavfsizlik tashkilotlaridan politsiya ularga qarshi edi.

Misr va Turkiya bu tajribalar bilan qanday sinovdan o’tdi? To’ntaruv tashabbusi bostirilgandan keyin ham AQSh ham Yevropa Ittifoqi Turkiyaga, o’lim jazosini qayta tatbiq etish va qo’lga olinganlarga qanday muommala qilish mavzusida Turkiyani ogohlantirdi. Lekin bu davlatlarning Turkiyani to’ntaruv tashabbusidan keyin aybdorlarga qanday muommala qilishi mavzusida ogohlantirishi ma’suliyatsizlik namunasidir. Ular anglamagan jihat, Turkiyada g’arb bilan aloqali mavjud bo’lgan tarixiy ishonchsizlikni yana orttirishidir. Turk xalqi to’ntaruv tashabbusining orqasida butunlay Fetullah Gulan terror tashkilotinining bo’lganidan shubxasi yo’q. Vakillar to’ntaruv tashabbusining tarqatilganini, lekin xavflarning hanuz o’tmaganini bildirmoqda.

 



Aloqador xabarlar