Yevropa Ittifoqi komissiyasi suriyalik qochqinlar uchun fond tuzmoqda

Suriyalik qochqinlar uchun tashkil qilingan yordam fondida hozircha 730 million evro mablag' to'plandi.

516221
Yevropa Ittifoqi komissiyasi suriyalik qochqinlar uchun fond tuzmoqda

Yevropa Ittifoqi komissiyasi Suriya masalasiga yechim topish maqsadida tuzilgan Yevropa Ittifoqi mintaqaviy yordam fondiga Turkiyadagi suriyalik qochqinlarga doir yangi loyihalar uchun 165 million evro moddiy yordam to’plash to’g’risida qaror oldi.

Mazkur loyiha vositasida Turkiyada yashagan suriyalik qochqinlarga ta’lim imkoniyati yaratiladi va Turkiya janubidagi viloyatlarda suv va kanalizatsiya muassasalarini kengaytirishga doir loyihalar uchun moddiy manba ta’minlanadi.

Mazkur ish yuzasidan BMT Bolalarga yordam fondi, BMT qochqinlar oliy komissariyati va Yevropa sarmoya banki kabi bir qator tashkilotlarning turk vakillar bilan hamkorlik qiladi.

Suriyalik qochqinlar uchun tashkil qilingan kafolat fondida hozircha 730 million evro mablag' to'plandi.

Bu miqdorning 640 million evrosi Yevropa Ittifoqi budjetidan, 69 million evrosi esa, Yevropa Ittifoqiga a’zo 21 davlat budjetidan ajratildi.

Turkiya ham bu fondga 25 million evro mablag’ ajratdi.

Mazkur fond orqali asosan Turkiya, Iordaniya va Livanda yashagan suriyalik qochqinlarga turli ijtimoiy-gumanitar loyihalarni amalga oshirish rejalanmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar