John Kerry:"Suriyada urush davom etgan taqdirda, mintaqaga terrorist oqib kelaveradi"

Suriyada sulh bitimining ahamiyatiga e’tibor qaratgan John Kerryning aytishicha, sulh bitimi vaqtinchalik urushni to’xtatish chaqirig’i emas, balki butun mamlakat bo’ylab to’la amal qilish zarur bo’lgan tinchlik bitimidir.

512086
John Kerry:"Suriyada urush davom etgan taqdirda, mintaqaga terrorist oqib kelaveradi"

AQSh kotibi John Kerry Suriyada rejimning sulh bitimiga amal qilmaganini eslatib, Beshar Asad rejimi Rossiyaning yordami bilan Halapni xonavayron qilishiga tomoshabin bo’lib qarab tura olmasligini bildirdi.

Suriyada sulh bitimining ahamiyatiga e’tibor qaratgan John Kerryning aytishicha, sulh bitimi vaqtinchalik urushni to’xtatish chaqirig’i emas, balki butun mamlakat bo’ylab to’la amal qilish zarur bo’lgan tinchlik bitimidir.

Bu bitim nafaqat muxoliflarga, balki Beshar Asad rejimiga ham taalluqli ekanini tilga olgan Kerry: “Beshar Asad Halapni ruslarning yordami bilan vayron qilishini oldini olish uchun tomonlarga tazyiq o’tkazishimiz mumkin”,-dedi.

AQSh kotibligi voizi John Kirby Rossiya Beshar Asad rejimiga ta’sir qilmasligi mintaqada o’z natijasini ko’rsatishini bildirdi.

Uning fikricha, Suriyada urush davom etgan taqdirda, mintaqaga terrorist oqib kelaveradi. Rossiya ham bo’lajak terroristlarni jalb qilishi mumkin.

Ayni paytda, Suriyada qamal ostida bo’lgan hududlarni gumanitar yordam bilan ta’minlash va diplomatik say-harakatlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun Rossiyaning ham yordami juda muhim.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #Rossiya , #urush , #AQSh , #John Kerry

Aloqador xabarlar