Suriyada Beshar Asad rejimi bilan DAISh terror tashkilotining til biriktirgani isbotlandi

SKY Newsning Turkiyadagi muhbiri Stevard Ramsayning yozishicha, DAISh safidan qochgan terroristlar qo’lidagi hujjatlarda Beshar Asad rejimi bilan DAISh o’rtasidagi hamkorlikni isbotlovchi mahfiy shartnomalar o’rin olgan.

483790
Suriyada Beshar Asad rejimi bilan DAISh terror tashkilotining til biriktirgani isbotlandi

Suriyada Beshar Asad rejimi bilan terror tashkiloti DAISh o’rtasidagi hamkorlikni isbotlovchi dalillar topildi.

Bu hamkorlikdan Beshar Asadning eng katta ittifoqdoshi Rossiyaning ham xabari borligi ma’lum bo’ldi.

SKY Newsning Turkiyadagi muhbiri Stevard Ramsayning yozishicha, DAISh safidan qochgan terroristlar qo’lidagi hujjatlarda Beshar Asad rejimi bilan DAISh o’rtasidagi hamkorlikni isbotlovchi mahfiy shartnomalar o’rin olgan.

Mazkur hujjatlarda terroristlarni va qurol-aslahalarni xavfsiz ravishda Rakka shahriga ko’chirishga doir hujjatlar o’rin olgan.

Buni fosh qilingan mahfiy shartnoma mart otida Suriya qo’shini va DAISh o’rtasida imzolangan.

Hujjatlarda DAISh terror tashkiloti Beshar Asad rejimidan chorva mahsulotlari evaziga neft sotib olgani, ba’zi hududlardagi qurolli kuch safini kamaytirib, o’sha hududlarni rejim tomonidan ishg’ol qilinishiga imkon yaratgani aks etgan.

Beshar Asad rejimi 2012 yildan buyon Suriya territoriyasining yarmini bosib olgan radikal tashkilotlar bilan til biriktirgani isbotlangan hujjatlarda, DAISh terror tashkilotining Tedmurdan chekinib, hududni Beshar Asad rejimiga topshirishi eng katta dalillardan biri sifatida asosiy o’ringa chiqmoqda.

Hujjatlarda g’arb davlatlarida yuzaga kelgan terrorchilik harakatlari va qonli hujumlar haqida ham turli ma’lumotlar o’rin olgan.

 Bundan tashqari, DAISh xorijdan kelgan terroristlarni g’arb davlatlarda qon to’kish maqsadida ta’limdan o’tkazgani qayd etilgan.

Amerika Yevropada buyruq kutib yotgan ekstremist guruhlarning avj olishidan havotirda ekani ma’lum qilingan hujjatlarda, mavjud radikal guruhlar Parij va Brusseldagi qonli hujumlardan so’ng, takror terror hujumini rejalashtirganiga qaramasdan, xavfsizlik xodimlarining qo’liga tushmagani ifoda etildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #DAISh , #rejim , #Beshar Asad , #hamkorlik , #terrorist

Aloqador xabarlar