G'azo Refah chegara darvozasining ochilishini talab qildi

G'azo, Misr boshqaruvidan Refah Chegara Darvozasini ochib Falastinli bemorlarning o'tishiga ruxsat berishini talab qildi.

481458
G'azo Refah chegara darvozasining ochilishini talab qildi

G'azo Salomatlik Vazirligi, Misr boshqaruvidan Refah Chegara Darvozasini ochib Falastinli bemorlarning o'tishiga ruxsat berishini talab qildi.

Vazirlikdan berilgan yozma bayonotda, "Refah, 74 kundan beri yopiq. Minglab bemor chet elda davolanish uchun Refah chegara darvozasining ochilishini sabr bilan kutmoqda. Misr bilan mavjud taranglikni yechish uchun darvozani ochish talabiga javob berilishini talab qilamiz" deb bildirdi.

Isroil qurshovi tufayli G'azoda salomatlik sohasidagi muammolarni bartaraf qilishiga diqqat qaratilgan bayonotda, bemorlarga kerakli salomatik xizmatlari berilmagani ifoda etildi.

G'azodagi Ichki Ishlar Vazirligidan bergan bayonotda, Refah Chegara Darvozasining yil boshidan beri faqat 3 kun ochilgani, 4 ming bemor jami 30 ming kishining chegaradan o'tishni kutgani bildirilgan edi.

 



Aloqador xabarlar