Amerika qo'shma shtatlari(AQSh) Davlat kotibi John Kerri, Rossiyaga tashrif buyuradi.

Rasmiy bir ziyorat uchun o'lkasida bo'lgan Gruziya Tashqi ishlar vaziri Mikheil Janelidze bilan Vashingtonda uchrashgan John Kerri, Rossiyaning Suriyadagi harbiy mavjudiyatini qisman orqa chekish qarorining ortidan kelgusi hafta, Moskvaga borib Davlat Pre

451714
Amerika qo'shma shtatlari(AQSh) Davlat kotibi John Kerri, Rossiyaga tashrif buyuradi.

Amerika qo'shma shtatlari(AQSh) Davlat kotibi John Kerri, Rossiyaga tashrif buyuradi.

Rasmiy bir ziyorat uchun o'lkasida bo'lgan Gruziya Tashqi ishlar vaziri Mikheil Janelidze bilan Vashingtonda uchrashgan John Kerri, Rossiyaning Suriyadagi harbiy mavjudiyatini qisman orqa chekish qarorining ortidan kelgusi hafta, Moskvaga borib Davlat Prezidenti Vladimir Putin va Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuv o'tkazishini izoh etgan edi.

Kerri, Rus rasmiylari bilan o'tkazadigan uchrashuvlarda, Suriyadagi siyosiy jarayon qanday davom etishini muhokama qilishlarini aytdi.

John kerri, 28 fevraldan beri kuchga kirgan sulh, Suriyada 5 yildir davom etgan inqirozning yechimi uchun muhim bir fursat ekanini aytdi.

Sulh mukammal ravishda davom etmaganini, faqat shiddatning kamayganini aytgan Kerri, jarayonini yana ilgari olib borish kerak deb bildirdi.

AQSh davlat kotibi,

“ To'qnashuvlarning to'xtatilishi sulhning davom etishi, Rossiya kecha askarlarining yorimi darhol, belki ko'prog'i Suriyani tark etishini izoh etishi, bu hafta siyosiy muzokaralarning Jenevada o'tkazilishi bilan ushbu jarayonda juda muhim bir bosqichga keldik" dedi.

Haqiqiy bir siyosiy o'tish bo'lmasdan turib doimiy bo'lmasligini ta'kidlagan Davlat kotibi Kerri,

“ Ushbu fursatni boy bermasligi kerak bo'lgan bir lahza, hozir urushni to'xtatish uchun qadam tashlash imkonimiz mavjud. Suriyaliklar uchun o'lkalarini va hayotlarini yangidan insho etish fursatidir, tegishli taraflar uchun, biz uchun ham to'g'ridan DEASHga qarshilik ko'rsatish uchun birlik bo'lish fursatidir " deb ifoda etdi.


Tanlangan kalimalar: #John Kerri , #AQSh , #Rossiya , #safar , #Sulh , #Suriya

Aloqador xabarlar