Fransiyada yangi ish qonuni tortishuvlarga sabab bo'lmoqda

Ertaga Vazirlar kengashiga havola qilinadigan qonun loyihasiga qarshi ishchi uyushmalari ish tashlash e'lon qilmoqchi.

446681
Fransiyada yangi ish qonuni tortishuvlarga sabab bo'lmoqda

Fransiyada yangi ish qonuni tortishuvlarga sabab bo'lmoqda.

Fransiya Bosh vaziri Manuel Valls va Mehnat vaziri Al Khomri tomonidan bugun muhokama qilinadigan qonun loyihasi kunda 10 soatni tashkil qilgan ish kunini 12 soatga chiqarishni, mehnat shartnomasini o'zgartirmoqchi bo'lgan ishchilarning ishdan chiqarilishini, yarim kun mehnat qilgan ishchilarning haftalik kamida 24 soatni tashkil qilgan mehnat chegarasini qisqartirishni, ortiqcha mehnat soatlari uchun to'langan oylikni 5 barobarga kamaytirishni nazarda tutmoqda.

Mazkur qonun loyihasi shirkat direktorlariga ishchilarning mehnat soatini oshirish va oylik ish haqlarini pasaytirish huquqini beradi, ayni paytda 18 yoshdan kichik shogird bolalarning kunda 10 soat mehnat qilishini taqazo qiladi.

Loyiha ertaga Vazirlar kengashiga havola qilinar ekan, ishchi uyushmalarining ish tashlash e'lon qilishi kutilmoqda.

Chunki, ishchi xalqning fikricha, bu qonun mehnatkashlarning huquqini o'z qo'lidan tortib oladi.

Mamlakatda 17 million ishchiga ta'sir ko'rsatadigan bu qonunga qarshi elektron imzo sayti “change.org"da boshlangan imzo kampaniyasiga 500000 dan ziyod ishtirokchi hissa qo'shdi.



Aloqador xabarlar