Afg'onistonning shimolida Tolibonga qarshi operatsiya o'tkazildi

General Rashid Dostum tomonidan boshqarilgan operatsiyada Tolibonga a'zo 70 terrorist o'ldirilgan.

442991
Afg'onistonning shimolida Tolibonga qarshi operatsiya o'tkazildi

Afg'onistonning shimolida joylashgan Faryob viloyati Peshtun Kot va Xo'ja Namusa tumanlarida terrorizmga qarshi operatsiya o'tkazildi.

Operatsiyada Tolibonga a'zo 70 terrorist o'ldirildi.

Afg'oniston Qurolli kuchlari komondoni general Sahidad Keptan bir necha kundan beri davom etgan operatsiya yakunlanganini ma'lum qildi.

General Sahidad Keptanning ma'lum qilishicha, prezidentning birinchi o'rinbosari general Rashid Dostum tomonidan boshqarilgan operatsiyada 50 terrorist jarohatlangan.

O'ldirilgan terroristlar ichida Tolibonning eng faol komondonlaridan birining borligi aytilmoqda.

Operatsiya paytida topilgan ko'plab qurol-aslaha va o'q-dorilar davlatga musodara qilingan.



Aloqador xabarlar