Va nihoyat Ispaniya ham, muhojir qabul qila boshladi

Turkiya, Suriyadagi ichki urush boshlaganidan beri 2 milliondan ortiq suriyalik muhojirga mezbonlik qilmoqda.

414101
Va nihoyat Ispaniya ham, muhojir qabul qila boshladi

Ispaniya, muhojirlarni qabul qilish dasturi doirasida birinchi marotaba 1 nafari suriyalik, 11 nafari eritreyalik bo’lish bilan birga jami 12 nafar muhojir qabul qildi.

Italiya poytaxti Rimdan Madriddagi Adolfo Suarez Barajas aeroportiga kecha tun vaqtida, uchoq orqali olib kelingan muhojirlardan 4 nafari ayol kishi, 8 nafari esa erkak kishidan iborat.

Ichki ishlar vazirligi tomonidan ma’lum qilinishicha, Xavfsizlik kotibi Francisco Martinez bilan Migratsiya va migrantlardan mas’ul kotib Marina del Corral tomonidan qabul qilingan muhojirlarning, inson huquqlari tashkiloti yordami orqali yurtning turli mintaqalariga yuborilishi aytildi.

Turar joy, sog’likni saqlash, oziq-ovqat, ta’lim yordami bilan ta’minlanadigan muhojirlarning ish topishlari uchun ispan tili va ish dunyosiga integratsiya bo’lish kurslari ham ochiladi.

Ispaniya hukumati, juma kuni o’tkazilgan Vazirlar Kengashi yig’ilishi yakunida Ispaniyadan boshpana talab qilgan 19 nafar muhojirning Italiyadan olib kelinishini aytgan edi. Faqat kelgan birinchi guruhda atigi 12 kishining borligi ma’lum bo’ldi.

O’zlari hozirda Italiya va Gretsiyada bolib, boshpana uchun murojaat qilgan boshqa muhojirlarning Ispaniyaga olib kelinishi uchun ba’zi byurokratik to’siqlar mavjud. Endilikda ana shu to’siqlarning olib tashlanishining kutilayotganligi haqida ma’lumot berildi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar