1 daqiqalik yer silkinishi, 277 kishining umriga zomin bo’ldi

Ushbu yer silkinishining epitsentri Afg’onistonning Xindukush tog’lari ekanligi aniqlandi.

358983
1 daqiqalik yer silkinishi, 277 kishining umriga zomin bo’ldi

Afg’onistonda yuz bergan 7.5 magnitudali yer silkinishi natijasida Afg’oniston va Pokistonda halok bo’lganlar soni 277 nafarga chiqdi. Pokistonda 1000dan ortiq kishi tan jarohati olganligi ma’lum bo’ldi.

Epitsentri Afg’onistonning Xindukush tog’lari ekanligi aniqlanar ekan 7.5 magnitudali yer silkinishi oqibatida Afg’oniston, Pokiston va Hindiston hududlari qattiq silkingan.

Yerning 212.5 chaqirim tubida yuz bergan yer silkinishi ortidan Pokistonning shimoliy mintaqasida ko’plab uy-joylar vayron bo’ldi. Vayron bo’lgan uy-joylarning tubida qolib ketgan odamlarni qidirib topish ishlari davom etayotganligi ma’lum qilindi.

Yurt boylab favqulodda vaziyat deb e’lon qilindi.

Bosh Shtab boshqarmasi rahbari general Raheel Sherif, harbiy xodimlarga, buyruq qutmasdanoq falokatdan ziyon ko’rgan mintaqalarga yetib borishlari haqida ta’limot berdi.

Elektr energiyasi va aloqa liniyalariga ziyon yetganligi bois ba’zi mintaqalarga elektr energiyasi berilmayapdi, aloqa qurilmayapdi. Pokiston bilan Xitoy o’rtasidagi katta Karakurum avtoyo’li ham yer silkinishi chog’idagi yer ko'chishi tufayli xizmatga bekitildi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar