Misr Markaziy banki direktori o’z vazifasidan iste’fo etdi

Markaziy bank direktori Hisham Ramis iste’fo arizasini Misr Prezidenti Abdulfettah Es-Sisiga topshirdi.

356858
Misr Markaziy banki direktori o’z vazifasidan iste’fo etdi

Misr Markaziy banki direktori Hisham Ramis o’z vazifasidan iste’fo etdi.
26 noyabrda xizmat muddati to’ladigan Markaziy bank direktori Ramis iste’fo arizasini Misr Prezidenti Abdulfettah Es-Sisiga topshirdi.
Prezident Sisi Markaziy bank direktori Hisham Ramisning o’rniga Al-Ahli bankining sobiq mudiri Tarik Amirni Markaziy bank direktori lavozimiga tayinladi.
Hisham Ramis parlament saylovlari boshlangan 18 oktyabrda Misr puli dollarga nisbatan 10 kurush qiymat yo’qotganini ma’lum qilgan va bu sababdan tanqidlarga duch kelgan edi.
Ramis parlament saylovlarining birinchi bosqichi yakunlanishi bilan o’z vazifasidan iste’fo etgani diqqat qaratdi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar