"Turk tili orqali Afg’onistonni taniyabman"

“Turk tili orqali Afg’onistonni taniyabman” deb nomlangan musobaqa yakunlandi.

377634
"Turk tili orqali Afg’onistonni taniyabman"

Turkiyaning rivojlanish va hamkorlik bo’yicha agentligi (TIKA) ning qullab-quvvatlashi orqali Qobil universiteti, Til va adabiyot fakulteti, Turk tili kafedrasi tomonidan uyushtirilgan “Turk tili orqali Afg’onistonni taniyabman” deb nomlangan musobaqa o’z nihoyasiga yetdi. Musobaqada Ahura Nergis birinchi o’rinni qo’lga kiritdi.

Ushbu musobaqada universitetning turk tili kafedrasidan yuzlab talaba ishtirok etar ekan ilk 10taga kirgan talabalarga mukofat taqdim etildi. Mukofatlarni taqdim etish marosimida Turkiyaning Qobil elchisi Ali Sait Akin va Afg’onistonning Ta’lim vazirligi xodimlari ishtirok etdilar.

Turkiyaning rivojlanish va hamkorlik bo’yicha agentligining Qobil koordinatori Sulaymon Shahin “Bu musobaqada talabalarga Afg’onistonning tarihi, madaniyati, geografiyasi va Afg’oniston yetishtirgan muhim shaxslar haqida 50 ta savol berdik. Maqsadimiz talabalar turk tilini o’rganar ekan o’z yurti bilan madaniyatining yaqinligini til bilan birlashtirishi kerak edi. Bu kabi musobaqalarning tez-tez o’tkazilib turilishi va o’rin olgan talabalarni pul bilan mukofatlantirilishi talabalarning darslarga qaratilgan qiziqishini orttiradi” deya gapirdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar