Bashar al-Asad, yana qirg’in qildi

O'tgan kunlarning birida Asad kuchlari tomonidan amalga oshirilgan bir hujum Birlashgan Millat tomonidan "Urush jinoyati" deya baholangan edi.

339552
Bashar al-Asad, yana qirg’in qildi

Asad kuchlariga oid uchoqlar Shomning sharqidagi Guta mintaqasida joylashgan muxoliflar nazoratidagi Dumaga hujum qildi. Oqibatida 50 kishi halok bo’ldi.

Ushbu hujum avgust oyi ichida Dumaga qaratilgan 3-hujum bo’lib hisoblanadi.

Vakuum bombalari orqali tinch aholi istiqomat qiluvchi mintaqani nishonga olgan oxirgi hujum bilan birga avgust oyi ichida halok bo’lganlar soni 177 ga yetdi.

Vayron bo’lgan binolardan esa o’liklarni olib chiqish ishlari davom etmoqda. Tan jarohat olganlarning ko’pchiligining ahvoli ancha og’ir.

O’tgan kunlarning birida, Asad kuchlari, Dumada yangi bozorni vayron qilgan edi. Oqibatida 100 dan ortiq tinch aholi halok bo’lgan edi.

Hujum, Birlashgan Millat rahbariyati tomonidan urush jinoyati olaroq baholangan edi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar