Iroqda bombali hujum sodir bo’ldi

Poytaxt Bog’dodda bomba ortilgan mashinalarda sodir qilingan hujumlarda 28 kishi hayotdan ko’z yumdi.

346856
Iroqda bombali hujum sodir bo’ldi

Iroqda bombali hujum sodir bo’ldi.
Poytaxt Bog’dodda bomba ortilgan mashinalarda sodir qilingan hujumlarda 28 kishi hayotdan ko’z yumdi.
Dastlab Bog’dodning Ar-Rabia hududida bomba portlagan.
Yo’l chetiga tashlab ketilgan bombaga to’la mashinaning portlatilishi oqibatida, 20 kishi nobud bo’lgan, 36 kishi tan jarohati olgan.
Ortidan, Esh-Shag’b hududida bombaga to’la mashina portlatilgan.
Ushbu portlash oqibatida 8 kishi halok bo’lgan, 22 kishi tan jarohati olgan.
Iroqda terror tashkiloti DAISh mamlakatning ba’zi hududlarini ishg’ol qilishi bilan, Bog’dod va boshqa hududlarda bunga o’xshash hodisalar avj oldi.
Iroq xavfsizlik xodimlari hujumlarni DAISh bilan aloqador guruhlar tomonidan sodir qilinganini aniqladi.
Bog’dodda kecha sodir bo’lgan bombali hujumlarda esa, 16 kishi halok bo’lgan edi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar