Misr habiy xizmatchilariga qurolli hujum...

Sina Yarim Orolda Misr qurolli kuchlarini nishonga olgan hujumlarda 8 nafar askar halok bo'ldi.

382346
Misr habiy xizmatchilariga qurolli hujum...

Misr habiy xizmatchilariga qurolli hujum...

Sina Yarim Orolda Misr qurolli kuchlarini nishonga olgan hujumlarda 8 nafar askar halok bo'ldi.

Misr rasmiy xabar agentligi MENAning xabar qilishicha, Shimoliy Sinadagi Shayh Zuveyd huddida kimligi noaniq kishilar tomonidan, harbiy nazorat nuqtasiga uyushtirilgan hujumda 5 askar halok bo'lgan, ko'p sonda askar esa yaralangan.

Misr qo'shinining voizi Muhammed Samir esa Shayh Zuveyd hududida otilgan o'q natiasida 3 harbiy xizmatchining nobud bo'lganini 4 nafarining esa yaralanganini izohladi.

Misr qo'shinining El-Mehdiyye, Et-Tevme, Ez-Zevara hududida holigacha qator nuqtalarni bombalashga davom etganini ifoda etgan Samir, "Qurolli kuchlarning, terror unsurlarining to'planish joyi bo'lgan Jebel El-Uleyka hududini nishonga olishi natijasida 20 terrorist o'ldirildi" dedi.

Samir, terror unsurlariga tegishli zirhli vositaning ham bartaraf qilinganini bildirdi.

Boshqa tomonda, DEAShga bog'li bo'lgan Sina Viloyati nomli tashkilot twitter orqali, Shayh Zuveyd shahridagi nazorat nuqtasini nishonga olgan hujumlarni zimmasiga oldi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar