Mojaristonda noqonuniy muhojirlarga qarshi chora...

Mojariston-Serbiya chegarasiga quriladigan sim devorlar noqonuniy muhojirlarning Afg’oniston, Suriya va Iroqdan Mojariston orqali boshqa davlatlarga o’tishini oldini oladi.

336179
Mojaristonda noqonuniy muhojirlarga qarshi chora...

Mojariston noqonuniy muhojirlarga qarshi chora-tadbirlarni kuchaytirmoqda.
Bu maqsad bilan Mojariston chegaralari sim to’rlar bilan to’silmoqda.
Serbiya chegarasining sim devor bilan to’silishini nazarda tutgan qonun parlament tomonidan tasdiqlandi.
Mojariston-Serbiya chegarasiga tortiladigan sim to’rlarning uzunligi 175 km, balandligi esa, 4 metrni tashkil qiladi.
Sim devorlar Afg’oniston, Suriya va Iroqdan Mojariston orqali noqonuniy yo’llar bilan boshqa davlatlarga muhojirlarning o’tishini oldini oladi.
Mazkur qonun Mojariston Bosh vaziri Viktor Orbanning talabi bilan tayyorlandi.
BMT va Yevropa Ittifoqining fikricha, bu reja muhojirlarning xavfsizligini tahlikaga soladi.
Mojaristonga berilgan muhojirlarni qabul qilish miqdori adolatsiz ekanini va bundan ortiqcha muhojir qabul qilmasligini ma’lum qilgan Mojariston bilan Yevropa Ittifoqi davlatlari o’rtasida kelishmovchilik yuz bermoqda.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar