Yamanda Al Qoida yetakchisi Rubaysh o’ldirildi

Amerika Al Qoida yetakchilaridan Ibrahim Ar-Rubayshning boshi uchun 5 million dollar pul mukofoti berilishini e’lon qilgan edi.

236357
Yamanda Al Qoida yetakchisi Rubaysh o’ldirildi


Yamanda Al Qoida yetakchisi Rubaysh o’ldirildi.
Yamanning Hadramevt shahrida Amerikaga tegishli uchuvchisiz havo vositalari bilan sodir qilingan hujumda, Al Qoidaga qarashli Ensarush-Shariya tashkiloti yetakchilaridan Ibrahim Ar-Rubaysh o’ldirilgan.
Al Qoida terror tashkiloti ma’lum qilishicha, shahsiy mashinasida ketayotgan Rubayshga o’q uzilgan va u voqea joyida hayotdan ko’z yumgan.
Ma’lumotga ko’ra, Rubaysh 2006 yili Guantanamodagi qamoqxonadan qo’yib yuborilgan. U Saudiya Arabiston passportiga ega bo’lgan.
Amerika Qo’shma Shtatlari Al Qoida yetakchilaridan Ibrahim Ar-Rubayshning boshi uchun 5 million dollar pul mukofoti berilishini e’lon qilgan edi.
Arab yarim orolining Al Qoidasi deb bilingan Ensarush-Shariya tashkiloti 2011 yildan beri Yamanning janubiy Abyan va sharqiy Hadramevt hududlariga o’z ta’sirini o’tkazmoqda.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar