Nigeriyadagi prezidentlik sayloviga doir norasmiy natijalar...

Kuni kecha Nigeriyada bo’lib o’tgan prezidentlik saylovining norasmiy natijalariga ko'ra, nomzod Muhammadu Buhoriyning oldinda ekani kuzatilmoqda.

289898
Nigeriyadagi prezidentlik sayloviga doir norasmiy natijalar...

Nigeriyada bo’lib o’tgan prezidentlik sayloviga doir norasmiy natijalar e’lon qilina boshladi.
Saylovda berilgan ovozlarning uchdan bir qismi hisoblandi.
Norasmiy natijalarga ko’ra, mamlakat aholisining yarmini tashkil qilgan musulmonlar tomonidan qo’llab quvvatlangan Muhammadu Buhoriyning oldinda ekani kuzatilmoqda.
Yangilikchi partiyaning nomzodi bo’lgan Buhoriy hozirgacha hristiyan raqibi Davlat rahbari Goodluck Johathandan 3 million ko’p ovoz olgan.
Hukumatdagi Demokratik Xalq partiyasi qonunbuzarlikka yo’l qo’yilganiga doir tahminlar va terror hujumlari ostida o’tgan saylov natijalariga e’tiroz bildirishga tayyorlanmoqda.
Rivers shtatida ham saylovda hiylakorlikka yo’l qo’yilganini ilgari surgan aholi namoyish o’tkazdi.
Bauchi shtatida esa, xavfsizlik muammolari sababli komendantlik soati e’lon qilindi.
Norasmiy natijalarga ko’ra, Buhoriy 14 shtatda katta farq bilan oldinda ketmoqda.
Saylovda 14 nomzod kuch sinashdi.
Bularning ichida bir nafar ayol nomzod ham o’rin olgan.
Mamlakat tinchligiga rahna solgan Boko Haram terror tashkiloti saylov kuni Borno shtatida 25 fuqaroning hayotiga zomin bo’ldi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar