Nigeriyada o’tkazilgan Prezidentlik saylovida qon to’kildi

Mamlakat tinchligini buzgan Boko Haram terror tashkiloti jangarilari 3 viloyatga hujum qilib 41 kishini o’ldirdi, 2 saylov markazini o’qqa tutdi.

287894
Nigeriyada o’tkazilgan Prezidentlik saylovida qon to’kildi

Qurbon bo’lganlardan birining deputat ekani aytilmoqda.
Qonli voqealardan tashqari, qonunbuzarlikka yo’l qo’yish kabi holatlar ham saylovga putur yetkazdi.
Markaziy saylov komissiyasi ma’lum qilishicha, ba’zi saylov okruglarida yosh bolalar ham ovoz bergan.
Ba’zi saylov okruglarida esa, biometrik saylovchi kartochkalari ishlamagan ko’plab saylovchilar ovoz bera olmaganidan noligan.
Muholifat mamlakat janubidagi Rivers shtatida saylovni butunlay bekor qilib, takror adolatli ravishda o’tkazilishini talab qilgan.
Norasmiy saylov natijalariga ko’ra, prezidentlik saylovida asosan Davlat rahbari Goodluck Jonathan bilan nomzod Muhammad Buhoriy o’rtasida kuchli raqobat ketgan.
Rasmiy saylov natijalari e’lon qilinishi bilan mamlakatda takror kuchli isyon kelib chiqish ehtimoli havotir uyg’otmoqda.
2011 yilgi saylovdan keyin mamlakat shimolida musulmonlar bilan hristiyanlar o’rtasida sodir bo’lgan to’qnashuvlarda 1000dan ziyod fuqaro nobud bo’lgan edi.

 



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar