Ukraina sharqida qurol ovozlari tinmayotir...

Ukraina Parlamenti mamlakat sharqiga saylov sharti bilan avtonomiya berilishiga doir qonunni qabul qilishi e’tirozlarga sabab bo’ldi.

272383
Ukraina sharqida qurol ovozlari tinmayotir...

Ukraina sharqida 15 fevral kuni kuchga kirgan sulh bitimiga qaramasdan qurol ovozlari tinmayotir.
Kiyev nazoratidagi Avdiivka shahrida vaziyat notinch.
Avdiivka nafaqat strategik joylashuvi jihatidan, balki Ukrainaning tosh ko’mir ishlab chiqarish va ximiya zavodiga mezbonlik qilgani uchun ham muhim shaharlaridan biri.
Sulh bitimga to’la amal qilishga doir say-harakatlar davom etar ekan, Ukraina Parlamenti mamlakat sharqiga saylov sharti bilan avtonomiya berilishiga doir qonunni qabul qilishi e’tirozlarga sabab bo’ldi.
Rossiya ushbu qarorning Minsk shartnomasiga hilof ekanini ilgari surmoqda.
Rossiya tarafdorlarining fikricha, mazkur qonun sharqdagi tinchlik jarayoniga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Ukraina sharqida bir yildan beri davom etgan to’qnashuvlarda 6 mingdan ziyod kishi nobud bo’ldi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar