Rossiya Ukraina sharqidagi avtonomiya talabidan havotirda...

Rossiya hukumati Fransiya va Germaniyani Ukraina masalasiga diplomatik chora ko’rishga chaqirdi.

271290
Rossiya Ukraina sharqidagi avtonomiya talabidan havotirda...


Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina parlamentining Donetsk va Luganskni o’z ichiga olgan sharqdagi hududiga avtonomiya berilishini nazarda tutgan qonun taklifini 15 fevral kuni qabul qilingan Minsk shartnomasiga hilof deb baholadi va Germaniya bilan Fransiyadan ushbu masalaga diplomatik chora ko’rishga chaqirdi.
Ukraina parlamentida olingan qarorda, “İshg’ol qilingan hududlar” sifatida belgilangan rus isyonchilar nazoratidagi hududlarga avtonomiya berilishi uchun hududning mustaqilligi va boshqaruvchilarining Ukraina qonunlariga ko’ra o’tkaziladigan saylovlar natijasida hukumatni boshqarishi shart qilib qo’yildi.
Sergey Lavrov, “Ukraina parlamentining ushbu qaroridan ko'rinib turadiki, avtonomiyaga doir qonunning faqatgina hududdagi boshqaruvchilar Ukraina tomonidan tanlangan shahslar bo’lgandagina ro’yobga chiqadi demakdir”-dedi.
Germaniya Tashqi ishlar vaziri Frank-Valter Steinmeier va Fransiya Tashqi ishlar vaziri Laurent Fabiusni Ukraina hukumatining ushbu tashabbusiga qarshi chora ko’rishga chaqirgan Lavrov, mana bu shaklda Ukrainaning Minsk shartnomasiga to’la amal qilishi ta’minlanishini bildirdi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar