Ertaga Jenevada Eron atom muzokaralari o'tkaziladi

Atom muzokaralar ohirgi marta joriy yilning 29 yanvar kuni İstanbulda Eron, Angliya, Fransiya va Germaniya Tashqi ishlar vazir o’rinbosarlari ishtirokida bo’lib o’tgan edi.

223475
Ertaga Jenevada Eron atom muzokaralari o'tkaziladi

Ertaga Jenevada Eron bilan Amerika Qo’shma Shtatlari mutahassislari o’rtasida muzokara o’tkaziladi.
Eronning İRNA rasmiy xabar agentligi ma’lum qilishicha, Eron Prezident o’rinbosari va Bosh muzokarachi Abbas Arakchi Eron bilan g’arb davlatlar o’rtasida yuritilgan atom muzokaralar ertaga Jenevada davom etishini ma’lum qilgan.
Arakchining aytishicha, Eron Tashqi ishlar vazir o’rinbosari bilan AQSh kotiblik voizi ishtirokida bo’lib o’tadigan muzokaralardan so’ng, Eron Tashqi ishlar vaziri Jevad Zarif va AQSh kotibi John Kerry uchrashadi.
BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari Amerika Qo’shma Shtatlari, Rossiya, Xitoy, Angliya va Fransiya bilan Germaniyadan tashkil topgan g’arb davlatlar guruhi hamda Eron o’rtasida yuritilgan muzokaralarda yakuniy shartnoma tuzilmadi, shu sababli muzokaralar 2015 yilning 1 iyul kuniga qoldirilgan edi.
Atom muzokaralar ohirgi marta joriy yilning 29 yanvar kuni İstanbulda Eron, Angliya, Fransiya va Germaniya Tashqi ishlar vazir o’rinbosarlari ishtirokida bo’lib o’tgan edi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar